Prezident ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bog‘liq bo‘lib qolayotgani qattiq tanqid qildi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

So‘nggi 3 yilda baliq yetishtirishni Andijon 4 ming tonnadan 25 ming tonnaga, Buxoro 3,5 ming tonnadan 23 ming tonnaga oshirgan.

Shuningdek, parranda go‘shtini Samarqand 22 ming tonnadan 100 ming tonnaga, Toshkent viloyati 31 ming tonnadan 90 ming tonnaga yetkazgan.

Bundan tashqari, tuxum ishlab chiqarishni Sirdaryo 127 mln donadan 200 mln donaga, Namangan 480 mln donadan 700 mln donaga, Farg‘ona 350 mln donadan 600 million donaga ko‘paytirib, to‘liq o‘zini-o‘zi ta’minlayapti.

Mutasaddilarga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga bir oy muddatda ushbu 25 turdagi import mahsulotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarib, ko‘paytirish bo‘yicha loyiha paketlarini taqdimot qilib, hukumat qarorini chiqarish topshirildi.

Kelgusi yil olti oy yakuni bilan bu borada o‘zgarish qilmagan viloyat hokimlari ishdan olinishi ko‘rsatib o‘tildi.