U gastrit hatto oshqozon yarasining kuchayishiga olib kelishi mumkin
Og‘riqni qoldiruvchi, haroratni tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi dori vositasi sanalgan analgin og‘riqni kamaytirishga yordam beradi va shifokorga murojaat qilgunga qadar qo‘llash mumkin.
Ammo, agar tavsiya etilgan dozadan oshib ketsa yoki preparat uzoq vaqt (bir hafta yoki undan ko‘proq) qabul qilinsa, sog‘liqqa jiddiy putur yetkazadi.
Bu preparat oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi ( gastrit va hatto oshqozon yarasining kuchayishiga olib kelishi mumkin), shuningdek, oshqozonda qon ketishi, anemiya rivojlanishiga olib keladi.