Joriy yilning 5 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga qo‘pol ravishda maktab darsliklari va mashq daftarlari tarqatilganligi aks etgan video tarqaldi.
Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berishicha, holatni o‘rganish bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan.
«O‘rganishlar davomida tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf rahbari Gʻ. Sh. sinf o‘quvchilariga maktab darsliklari va mashq daftarlarini qo‘pol tarzda, o‘qituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘qituvchiga xos bo‘lmagan xislatda xatti-harakat qilganligi sababli Sh.Gʻ. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Maktab darsliklari va mashq daftarlarini tarqatilish jarayonini nazoratga olmaganli va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi sababli maktab direktori E.H. egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.