Rossiya Federasiyasi Prezidenti Putin, Ukraina urushi bilan birgalikda boshlangan oziq ovqat muammosi va boshqa dolzarb masalalarga to‘xtaldi.
Gʻarbni, shoshmashosharlik bilan qarorlar qabul qilishda ayblagan Putin, sanksiyalarning butun dunyo uchun tahlikali vaziyat bo‘lishini, shuningdek, Yevropaning mahsulot tanqisligidan aziyat chekishini ta’kidladi.
Rossiya Ukraina urushi butun dunyoga ta’sir qilarkan, bu vaziyatga qarshi ko‘rilgan choralarning yakunida oziq-ovqat hamda elektr energiyasi masalasi xavfli vaziyat yuzaga keldi.
Putin o‘z nutqida “Gʻarb, iqtisodiy va siyosiy masalalarda shoshib qaror chiqarmoqda, muammolar yanada ko‘paymoqda. Sanksiyalar butun dunyo uchun xavfli vaziyatni keltirib chiqaryapti. Yevropa mahsulot tanqisligidan aziyat chekyapti, qashshoq davlatlar oziq-ovqatsiz qolyapti”, — dedi.