Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Guliston tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, eski Guliston shahar markaziy dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.S. fuqaro J.ga 2 800 AQSH dollarini jami 30,9 mln so‘mga sotgan vaqtda ushlanib, jami 2 840 AQSH dollari, 8 200 Rossiya rubli va 1,1 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Rishton tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi savdo markazi oldida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.O. fuqaro A.ga 3 300 AQSH dollarini 36,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.