Prezidentning navbatdagi farmoni qabul qilindi

Foydalanilmayotgan ob’yektlarga nisbatan oshirilgan soliqlar natijasida hosil bo‘lgan qarzlar hisobdan chiqarildi.

“Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–218-son, 09.09.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:

▫️mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
▫️soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

2022 yil 1 iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq kelgusi to‘lovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 iyuldan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish ob’yektlariga hamda ushbu ob’yektlar bilan band n yerga mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilingan.