To‘g‘risini aytganda onalarning hammasi ham bu nimadan kelib chiqqanini bilmaydi. Uchuq (gerpes virusi), kontagioz mollyuska, so‘gallar bolalarda ko‘p uchraydi.
Oddiy uchuq virusi boshqa viruslardan farq qilib, u inson organizmida yillab saqlanishi, ba’zan faollashib (zotiljam, bronxit, O‘RVI, har xil intoksikasiyalar ) boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Aksariyat hollarda qo‘rqish, sovqotish, shamollash, gipovitaminoz holatlari ham viruslarni qo‘zg‘atib oddiy uchuqqa sabab bo‘ladi. Ba’zan bemor bilan muloqotda bo‘lganda ham kasallik yuqishi mumkin.
Kasallik onadan bolaga muloqot vaqtida, tug‘ruq yo‘llari orqali, ifloslangan homila oldi suyuqligi orqali va plasenta orqali yuqishi mumkin.
Bunday hollarda kasallik og‘ir, asoratli kechishi mumkin. Kasallik O‘RVI kasalliklar bilan birga kechganda havo-tomchi yo‘li bilan yuqishi mumkin.