Karam tozalovchi ozuqalariga boy bo‘lib, ular zaharli moddalarni ichakdan chiqarib yuborishga yordam beradi. Bundan tashqari, karamdagi organik kislotalar hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mikroflorani me’yoriga keltiradi.
Qizil lavlagi — organizmni tozalashda birinchi raqamli mahsulot hisoblanadi. Lavlagi tarkibida kletchatka, mis, fosfor, S vitamini va qator foydali kislotalar bo‘lib, ular hazm qilish jarayonini yaxshilab, ichakdagi chirituvchi bakteriyalarni bartaraf etadi.
Sarimsoqning atigi bitta bo‘lakchasida 400 dan ortiq komponentlar mavjud. Ular tomirlarni tozalab, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi va miya saratoni sababini — multishaklli glioblastoma hujayralarini yo‘q qiladi.
Piyoz hazm jarayoniga, oziq moddalar singishiga, hatto ishtahani yaxshilashga yordam beradi. Undagi oltingugurt “hamma zararli” moddalarni zararsizlantiradi.
Olma — tarkibidagi pektin va kletchatka tufayli butun hazm qilish tizimining ishini tartibga keltirib, zaharli moddalarning chiqib ketishiga yordam beradi.