1966 yilgi Toshkent zilzilasi haqida badiiy film suratga olinadi

XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining biznes-dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Rossiyaning “Mars Media” kinostudiyasi o‘rtasida qo‘shma hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash doirasida bu borada kelishuvga erishildi.

“Memorandumning imzolanishi kinematografiya sohasidagi hamkorligimizni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar ishlab chiqarish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bu yil biz faqat biznes-forumda qatnashamiz, ammo yaqin kelajakda kinofestivalning tanlovlari va boshqa dasturlarida ham ishtirok etamiz degan umiddamiz”, — dedi “Mars Media” ijrochi direktori Yuliya Ivanova.

Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov kino sohasidagi hamkorlikni bunday keng ko‘lamda kengayishi davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosat, kinematografiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor tufayli amalga oshirilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.