14 sentyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi, xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
Hujjat O‘zbekiston transport vazirligi, Qirg‘iziston transport va kommunikasiyalar vazirligi hamda XXRni rivojlantirish va isloh qilish Davlat qo‘mitasi o‘rtasida imzolandi.
Shartnoma 2023 yilning birinchi yarmida Qirg‘iziston hududida yo‘l qurish loyihasini ishlab chiqishni yakunlashni nazarda tutadi.
Tomonlar, shuningdek, texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishda xarajatlarni moliyalashtirish va taqsimlash tartibini o‘rnatdilar.