Italiya sharqidagi suv toshqinlari 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Italiyaning shimoli-sharqiy sohillarida suv toshqini oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. To‘rt kishi bedarak yo‘qolgan, ular orasida uch yoshli bola ham bor, deb xabar beradi Euronews.com.

Ba’zi ko‘chalar daryoga aylandi: suv oqimi yuvilib, o‘nlab mashinalarni olib ketdi. Bir qancha yo‘llar butunlay vayron bo‘lgan. Vaziyat eng jiddiy Marke mintaqasidagi Ankona provinsiyasida. Ikki-uch soat ichida u yerda 400 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘di (yillik normaning yarmi).

Suv shu qadar tez yetib kelganki, odamlar xavfni anglab, vaqtida ko‘chalarni tark etishga ulgurmagan. Jumaga o‘tar kechasi qutqaruvchilar 150 ga yaqin operasiyani amalga oshirdilar: ular o‘nlab mahalliy aholini tomlar va daraxtlar tepalaridan tushirishdi