Hokimlik sobiq xodimi firibgarlik bilan qo‘lga tushdi

Yunusobod tuman hokimligi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha bo‘lim sobiq boshlig‘i va uning ikki nafar jinoiy sherigi fuqaroning 30 ming dollarini o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborishgan, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.

Aniqlanishicha, ular fuqaroga avtosalondan yangi Malibu avtomashinasini olib berishni va’da qilib, fuqarodan olingan 30 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni o‘zlarining ehtiyojlariga sarflab yuborishgan. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 1 nafari esa tergovdan yashiringanligi sababli, qidiruv e’lon qilingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.