2022 yil 1 oktyabrdan Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining raqamli onlayn platformasi ishga tushirildi.
Iste’molchilar ushbu platformadan foydalangan holda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3 yilgacha foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishlari mumkin.
Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari narxini to‘liq to‘lagan iste’molchini xarid qilgan xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan qoplanadi.
Aholi tovar va ishlab chiqaruvchini tanlash huquqi bilan Jamg‘armaning onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi va xarid qilish uchun ariza topshirishi mumkin.
Energetika vazirligia platforma test rejimida ishlayotgani, ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning takliflarini to‘ldirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirdi. Saytning mobil versiyasi 3 kun ichida ishga tushiriladi.