Isroilning «Biotexnologiya» firmasi ildiz hujayralaridan inson embrionlarini yaratmoqchi. Bunday qarorga, ular sichqon embrioni ustida olib borgan tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlangach kelishdi.
Xullas ular kelajakda, inson embrioni ya’ni bachadonini bir necha hafta davomida o‘stirmoqchi. Bu esa, bepushtlikni davolashda, uzoq umr ko‘rish va genetik kasalliklarni davolashda nihoyatda qo‘l kelishi aytilmoqda.
«Sichqonchani embrioni haqiqatan ham ajoyib ko‘rinadi», deya xabar bergan isroillik tadqiqotchi Kanna MIT «Texnolog Reviyev» nashriga. Yana «ular tabiiy embrionlarga o‘xshaydi.»
Olimlar allaqachon suyak kabi oddiy to‘qimalarni o‘stirishga qodir, ammo murakkablarini o‘stirishga qodir emas.
«Kelajakda embrion ildiz hujayralari immunitetini oshirish uchun keksa odamga o‘tkazilishi yoki tuxumdon hujayralarini qayta tiklash uchun ishlatilishi mumkin» deya isroillik olimlar o‘zlarini g‘oyalarini ilgari so‘rashyapti.
Ammo, bunga boshqa olimlar qarshi chiqib, bu yaratgani ishi, olimlarni ishi emas deya tadqiqotni to‘xtashni talab qilmoqda.