Pasxa orolidagi qadimiy haykallar yonib ketdi

Tosh haykallar bilan bog‘liq hodisa yuzasidan Shili Madaniyat Vazirligidan Karolina Perez Dattari ma’lumot berdi. Berilgan xabarga ko‘ra, yong‘in chiqishi natijasida zarar yetgan tosh haykallarning ayrimlari ko‘mir holatiga kelgan va ularni qayta tiklashning umuman imkoni yo‘q.

Talofat yetgan haykallar soni 30 ta. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Pasxa orolida 1000 ga yaqin ulkan tosh haykal hamda o‘ymakorlik ishlari mavjud. Tosh haykallarning eng kattasining og‘irligi 70 tonna, bo‘yi 10 metrni tashkil etadi. Ushbu haykallar 1400-1650 yillar oralig‘ida mahalliy xalq tomonidan barpo qilingan va joylashtirilgan.

Bingemton universiteti (AQSH) olimlari Pasxa (Rapanui) orolidagi 900 dan ziyod haykallar sirini ochishgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu haykallar qadimiy ajdodlarga sig‘inish maqsadida yasalmagan, balki ular chuchuk suv manbalariga ko‘rsatkich vazifasini o‘tagan.


«PLOS» jurnali yozishicha, orol gidrologiya holatini o‘rganish davomida deyarli barcha haykallar joylashgan yer atrofida buloq suvlari topilgan.


Ilgari Pasxa orolida ichimlik suvi yo‘q deb hisoblanar va bu yerga sayohatga boruvchilar o‘zlari bilan suv olib ketishardi. Toza ichimlik suvi haqidagi barcha ma’lumotlar bir paytlar Pasxa orolida yashagan qadimiy polineziyaliklar bilan birga yo‘q bo‘lib ketgan.