Ko‘krak qafasidagi jizillatadigan og‘riq. Bu — stenokardiya, infarktdan xabar beruvchi eng xavfli alomatdir. 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas, bu og‘riq infarktga olib kelishi hech gap emas.
Ko‘krak qafasidagi tez-tez yo‘qolib, paydo bo‘lib turuvchi og‘riq. Infarktning eng ko‘p kuzatiladigan belgisi hisoblanadi.
Sababsiz holatlar va belgilar. Infarktdan taxminan bir kun oldin yurakning qattiq urishi, to‘satdan ko‘ngil aynishi, qayt qilish, lab atrofi ko‘karishi, quvvatsizlik kabi alomatlar kuzatiladi.