Rossiya-Ukraina urushi davom etayotgan ayni kunlarda yuz bergan yana bir voqea barchani yoqa ushlashga majbur qildi. Muhim strategiyalar uchun xizmat qiluvchi Qrimdagi Karch koʻprigida kuni kecha tongi payt portlash yuz berdi.
Ukraina tomonidan kelgan xabarga koʻra esa koʻprikning armiya tomonidan portlatilgani aytilib, bu hali “Boshlanishi” ekani aytildi. Putin, voqeadan keyin xabar topdi, ushbu hodisada 3 kishi hayotdan koʻz yumdi.
Bu koʻprik 2014-yilda Rossiya tarafidan bosib olingan Qrimni Rossiya bilan bogʻlab turardi. 2018-yilda Rossiya prezidenti Putin qurdirgan ushbu koʻprik 19 kilometr. Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi guruhi yongʻinga qarshi kurasharkan, portlashning temir yoʻldagi yoqilgʻi toʻla vagonlardan birida chiqqanini aytdi.
Hodisaning qasddan qilinganmi yoʻqmi aniqlash uchun harakatlar olib borilayotganini taʼkidlandi. Ukraina axborot xizmati bu voqeaning uyushtirilganini aytib oʻtdi. “Bu hali boshlanishi, qonuniy boʻlmagan har bitta narsa yoʻq boʻlishi kerak” deyildi. Koʻprikning yonayotgani tasvirlangan video tugʻilgan kun tabrigini kuylayotgan ayolning surati bilan yonma-yon qoʻyilib, “Xayrli kun! Ukraina.” deb yozilgan tabriknoma Putinga joʻnatildi. Voqea joyida olamdan oʻtgan 3 kishi katta ehtimol bilan portlagan kamazga yaqin yurib ketayotgan mashinaning yoʻlovchilari boʻlishi mumkin. Bir ayol va ikki erkakning jasadi dengizdan topilgan.
Rossiya surishtiruv xizmati kamaz egasining shaxsini aniqlaganini xabar qildi. Kamaz egasi Krasnodarlik boʻlgani aytilmoqda. Yuqoridagi maʼlumotlarda portlash bir kamazda yuz bergan deyilsa, bir temir yoʻldagi poyezdda deyilmoqda. Bundan kelib chiqadiki, voqealar tafsiloti hali toʻliq oʻrganilganicha yoʻq. Nima boʻlganini vaqt koʻrsatadi.