Yod tanqisligi qanday kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi

Qalqonsimon bez tanada gormonlar ishlab chiqaradi va unga yod moddasi zarur. Agar yod yetishmovchiligi (gipotireoz ) yuzaga kelsa, ertalab uyg‘onish juda qiyin kechadi.

Xotira pasayishi, diqqatni jamlay olmaslik, xavotir va vahima kuchayib ketayotgan bo‘lsa, yurak urishi tovushi seziladigan darajada bo‘lishi, sovuq shabadaga nisbatan sezgirlik endokrinolog huzuriga borishingizni anglatadi.

Soch to‘kilishi, terining quruqlashib ketishi alomatlari ham yod yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi.

Homilador ayollarda yod yetishmovchiligi hattoki aqli zaif bolalar tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yodning bir kunlik o‘rtacha me’yori 100 mikrogramm bo‘lsa, homilador ayollarda 200 mikrogramm bo‘lishi kerak.