Tomoq og‘rig‘ida foydali maslahatlar

🔸Agar tomoqda og‘riq paydo bo‘lsa, u bo‘g‘ilsa, tomoqda xavfli yaralar chiqsa, tut tomirini qaynatib, suvi bilan tomoq g‘arg‘ara qilinadi.

🔸Ibn Sino shotut bargining shirasi bilan tomoq, og‘iz bo‘shlig‘i va tish kasalliklarini davolagan. Buning uchun shotut mevasi suvi bilan tomoq g‘arg‘ara qilinadi yoki og‘izga olib aylantiriladi.

🔸Shirin bodom yog‘iga shakar qo‘shib iste’mol qilinsa, tomoqni yumshatib, ovozni ravon qiladi, quruq yo‘taldan xalos etadi.

🔸Olxo‘ri bargi yoki ildizini suvda qaynatib, suvida g‘arg‘ara qilinsa, halqumdagi tilchaning shishi va tomoqdagi bodomchasimon bezlar shishini qaytaradi.

🔸Uzum g‘o‘rasi suvini oftobda quyultirib, sharbatga aylangach uni ichilsa, tomoq og‘rig‘i, halqum shishlari, og‘iz ichining pishishi kabi dardlarga shifo bo‘ladi.

🔸Tomoq og‘rig‘i asosan bod, balg‘am, qon, murtakning shamollashi kabi omillar paydo bo‘ladi. Uni davolashda avval ana shu omillarni aniqlab, so‘ng muolajaga kirishish kerak.

🔸Tomoq balg‘amdan og‘riganda og‘riq uncha bilinmay, og‘iz to‘lib suv keladi. Shunda anjirni qaynatib, har chanqaganda suvini ichish foyda beradi.

🔸Xunoq (angina)da tezda qon oldirish kerak. Iloji bo‘lmasa, nilufar sharbatini olxo‘ri suviga aralashtirib, ham ichish, ham tomoqni g‘arg‘ara qilish kerak.

🔸Tomoqqa yara chiqsa, anzirat bilan gul urug‘ini tuyib, uni mum yog‘iga (oq mum va gul yog‘idan tayyorlanadi) qo‘shib, oz-ozdan iste’mol qilish kerak.

🔸Ikki diram lavlagi suviga bir diram daraxt po‘kagini aralashtirib ichsa, tomoq og‘rig‘i daf bo‘ladi.

🔸Kepakni bodom va qand bilan qaynatib tomoqni g‘arg‘ara qilsa, og‘riqni yo‘qotadi.

🔸Tomoq va o‘pka yo‘li quruqshaganda ismaloq yog‘ bilan iste’mol qilinsa, shifo bo‘ladi.

🔸Yerqalampir ildizini maydalab, undan tayyorlangan damlamada og‘iz-tomoqni chayqab g‘arg‘ara qilinsa, dard chekinadi.

🔸Bir choy qoshiqdagi ichimlik sodasini va shuncha tuzni bir piyola qaynoq suvda eritib, iliq holida tomoq chayilsa, og‘riqni daf qiladi.

🔸Xardal (gorchitsa) suvi bilan tomoq g‘arg‘ara qilinib chayilsa ham, og‘riqni qoldiradi.

🔸Murtak bezlari yallig‘lanayotganda toza kerosinga paxta piligini namlab, har yarim soatda tomoq tozalab turilsa, tomoq og‘rig‘idan asar ham qolmaydi.

🔸Turpni suvda qaynatib, suvini sirka solingan asal bilan qo‘shib ichilsa, eng og‘ir tomoq kasalini ham davolaydi.

🔸Bir bosh sarimsoqpiyozni bir kecha-kunduz mobaynida sirkada ushlab, o‘sha sirka bilan tomoqni g‘arg‘ara qilsangiz, eng og‘ir tomoq og‘rig‘i ham ko‘rmaganday bo‘lib ketadi.

🔸Anjir mevasini qaynatib, suvidan ichgan bemor murtak bezlari yallig‘lanishidan xalos bo‘ladi.

🔸Xurmo tomoq bodomcha bezlari yallig‘lanishida, yo‘talda, tanglay og‘riganda shifobaxsh malham sanaladi.