O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi

Joriy yilning 17 oktyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

Havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.

17-19 oktyabrda havo harorati kechalari +3+8 daraja iliqgacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari +15+20 darajagacha asta-sekin pasayadi.

17-19 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

17-18 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.