Shavkat Mirziyoyev narx-navoning sun’iy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda inflyasiyani jilovlash maqsadida MDH makonida oziq-ovqat mahsulotlari to‘siqlarsiz yetkazib berilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligini qayd etdi.
Mamlakatlarimizning transport tizimiga bo‘lgan jiddiy tahdidlarni inobatga olgan holda, yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirish g‘oyat muhimdir. Bu o‘rinda gap «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» hamda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘llarini qurish loyihalari haqida bormoqda. Ular MDHni transqit’aviy transport tashishlarning muhim zanjiriga aylantirishga ko‘maklashadi.
Prezidentimiz kelgusi yilda O‘zbekistonda MDH mamlakatlari yosh olimlarining «Yoshlar innovasiya tarafdori» shiori ostidagi birinchi kongressini o‘tkazishni taklif qildi.
2023 yilda Sankt-Peterburg shahrini MDHning madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi to‘g‘risidagi qaror ko‘llab-quvvatlandi. 2024 yilda madaniyat poytaxti nomini olishga Samarqand nomzodi ilgari surildi.