Rossiya-Ukraina urushi sababli yadro tahdidi kundan-kun ortib bormoqda. Rossiya ishg‘oli tahlikasi tufayli NATO ga a’zo bo‘lish uchun murojaat qilgan Finlandiyada yadorviy qurollarga qarshi Sog‘lik Markazi tomonidan tavsiya qilingan yod tabletkalari zaxirasi tugadi.
Ijtimoiy Ishlar va Sog‘lik Vaziri, (Rossiya-Ukraina urushida) yadro qurollarining qo‘llanilishi ehtimoliga qarshi yod tabletkasi qo‘llashni tavsiya qildi.
Vazirlik tomonidan berilgan xabarda “Bitta yadroviy ob’yektdagi falokat, qalqonsimon bezda radioaktiv xavfni yuzaga keltirishi mumkin”deyiladi.
Bu xabardan keyin aholi dorixonalarga ko‘p miqdorda xaridga borgani sababli yod tabletkalari qisqa fursatda tugab qoldi. Vazirlik yod tabletkasini 3-40 yoshdagilar uchun tavsiya qildi.
Shuningdek, Vazirlik radiasiya bilan bog‘liq favqulodda holatda, aholining o‘zini radiasiya nuridan asrashning eng ma’qul yo‘li bu uydan chiqmaslik ekanligini ta’kidladi. Radiasiyadan himoyalanish borasida aholida ma’lum ko‘nikmalar bo‘lishi zarurligini ham aytib o‘tdi.