To‘ra Bobolov lavozimidan ozod etiladi(mi)

Ijtimoiy tarmoqlarda «To‘ra Bobolov lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda» degan mazmunda xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

«Norasmiy manbalar tomonidan tarqatilgan xabarlarda go‘yoki Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning o‘rnini bo‘shatishi aniq bo‘lgani, biroq uning o‘rniga nomzod tanlanayotgani bois jarayon biroz cho‘zilayotgani aytiladi.

Bu xabarlar mutlaqo asossiz bo‘lib, vohadoshlarimizdan norasmiy manbalar va ijtimoiy tarmoqlardagi bu kabi asoslanmagan yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘raymiz», deyiladi rasmiy munosabatda.