Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasida viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 13 oktyabr kuni soat 16:10 larda Davlatobod tumani XTBga qarashli 58-sonli maktabda yuz bergan. Geografiya fani o‘qituvchisi E.M. o‘zi rahbarlik qilayotgan ushbu maktabning 5-“V” sinfiga kirib, 2011 yilda tug‘ilgan X.M.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan. Shundan so‘ng o‘quvchini qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.