Toshkent viloyatida fuqaroning MIB xodimiga pichoq ko‘targanligi haqidagi xabarlarga MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatov izoh berdi.
Byuroning Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha appelyasiya sudlov hay’atining 18.08.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, javobgarlar T.Sh., Z.D. va Z.Sh.larni da’vogar A.N.ga tegishli bo‘lgan Toshkent tumani, “Oqtom” MFY, Baxmal ko‘chasi 24-uydan boshqa turar joy bermagan holda ko‘chirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlarini 22.10.2022 yil soat 15:00 da amalga oshirish yuzasidan talabnomani taraflarga taqdim qilish maqsadida, joriy yilning 12 oktyabr kuni undiruvchi da’vogar A.N.ning ishonchli vakili S.O. bilan birgalikda qarzdorning yashash manzili Toshkent tumani, “Oqtom” MFY, Baxmal ko‘chasidagi uylarning biriga chiqilganda, ijro hujjatida ko‘rsatilgan javobgar taraflar talabnomani olishdan bosh tortib da’vogarning ishonchli vakili S.O.ga pichoq bilan taxdid qilib, haqorat qilganligi va ushbu holat yuzasidan undiruvchining ishonchli vakili ichki ishlar organlariga murojaat qilganligi aniqlangan.
Byuroning Toshkent tumani bo‘limi davlat ijrochisi X.Usmonov tomonidan fuqaro va boshqalarning hayotiga havf yetmasligi uchun pichoqni olib zararsizlantirishga harakat qilgan.
Ijro harakatlari boshqa kunga qoldirilgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda va natijasi ma’lum qilinadi.