Joriy yilning 24 noyabridan 2023 yilning 6 martigacha Parijdagi Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma bugungi O‘zbekistonning janubiy qismi bo‘ylab o‘tgan buyuk ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, ko‘rgazmada Qashqadaryoda saqlanayotgan VIII asrga oid “Katta langar Qur’oni” varaqlari qayta tiklanadi.