Buyrakka tuzlar yig‘ilishi tanaga og‘riq bermaydi. Shuning uchun ko‘pchilik e’tiborsiz yuradi.
Ayniqsa, tuzlar ko‘chmasa va og‘riq bermasa, yanayam xotirjamlikka berilamiz. Bu bilan esa tuzlar kattalashishiga sharoit yaratib qo‘yamiz.
Buyrak-tosh kasalliklarida ko‘p uchraydigan toshlardan oksalat va uratdir. Buyrakdagi bu toshlarning paydo bo‘lishiga asosan peshobdagi konsentrasiyaning quyuqlashib ketishi sabab bo‘ladi.
Peshob konsentrasiyasining quyuqlashishi suyuqlikni me’yoridan kam ichishdan kelib chiqadi. Kunlik suv ichish me’yori 1 kg vaznga 30 ml bo‘ladi.
Buyrak tanamizda bir kunda 1.5 — 2 litr peshob chiqarishi uchun 100 — 180 l qonni aylantirishi kerak. Ushbu normal jarayon benuqson amalga oshishi uchun buyraklarga yetarli suyuqlik yetib borishi kerak.
Peshobning kam ishlab chiqarilishi buyrak jomlarida tuzlarni paydo qiladi. Natijada, tuzlar yig‘ilib toshlarni paydo qiladi.