Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov prezident Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini tasdiqladi.
«Rossiyaning, shu jumladan prezidentning Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyorligi o‘zgarishsiz qolmoqda. Biz g‘arblik hamkorlarimizning o‘zaro keskinlikni pasaytirish bo‘yicha takliflarini tinglashga doim tayyormiz», — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov.