Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.

Shavkat Mirziyoyev istiqlolimizning 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, tariximizning eng murakkab va og‘ir davrlarida davlatimizni boshqarganini ta’kidladi.

Ushbu xotira tadbiri ham xalqimizning Birinchi Prezidentga hurmati ifodasidir.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *