Metroning “Paxtakor” bekatidan shubhali paket topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Аytishlaricha, hozirgina qarovsiz buyum kimningdir selofan paketi (sumkasi) qolib ketganligi sababli-tezkor tekshiruv jarayonlar boʼlmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.
Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentidan aniqlik kiritilishicha, holat 2021 yilning 13 sentyabrь kuni soat 16:34 Toshkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida yuz bergan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, metropolitenda “egasiz qoldirilgan selofan paket” belgilangan yoʼriqnomaga asosan tekshirish maqsadida maxsus guruhga xabar berish choralari koʼrilgan. Bu vaqtda Qashqadaryo viloyatida yashovchi shaxs selofan paket unga tegishli ekanini aytgan.
U hayol bilan shoshib qoldirib ketganini maʼlum qilib, kelgusida bu kabi holatga yoʼl qoʼymasligi haqida tilxat yozgan va selofan paketni olib ketgan.
Ushbu sariq rangli selofan paket ichida fuqaroga tegishli erkaklar kiyim boʼlgan.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *