Mukofot puli 500 millon so‘m bo‘lgan “Duel” tanlovi yakunlandi

Yoshlar Ishlari Agentligi va Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan tashkil qilingan mukofot jamg‘armasi 500 million so‘mlik “Duel” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Respublikamizning 14 ta hududidan saralangan ishtirokchilar nazm, nasr, badiiy tarjima, tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha bellashdilar. Ularning ijodiy ishlarini Murod Muhammad Do‘st, Nazar Eshonqul, Usmon Azim, Aziz Said, Odil Ikrom, Ortiqali Qozoqov kabi tajribali hakamlar baholab borishdi.

Yakuniy bahslar natijasiga ko‘ra, nasr yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin Shavkat Do‘stmuhammadga, nazm yo‘nalishida g‘oliblik Shahriyor Shavkatga, tarjima yo‘nalishida Alisher Sabriyga, tasviriy san’at yo‘nalishda Ulug‘bek Yusupovga nasib etdi.

Tanlov g‘oliblariga birinchi o‘rin uchun 25 million, ikkinchi o‘rin egalariga 15 million, Respublika bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga esa 5 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *