Pora evaziga IIBga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro M.O. o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga qaratilgan harakatlarini davom ettirib, fuqaro M.ni tanishlari yordamida 1 500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishga ishontirib, shundan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *