Qirg‘iziston GESlarni ko‘maytirmoqchimi?..

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo – BMT sammitini 2022 yilda o‘z mamlakati hududida o‘tkazishni taklif qildi.
“2022 yil 2 martda biz Qirg‘izistonning BMTga a’zo bo‘lib kirganining 30 yilligini keng nishonlaymiz. Ushbu shonli sanani hisobga olib, 2022 yilda Markaziy Osiyo – BMT sammitini o‘tkazishni taklif etamiz. Bu mintaqada taraqqiyot maqsadlari va xavfsizlik istiqbollarini qo‘shma rejalar va o‘zaro hamkorlik asosida rivojlantirishga xizmat qiladi”, deya ta’kidladi BMT Bosh Assambleyasining 76-cyessiyasida Japarov.
U sammitni Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari navbatdagi Maslahat uchrashuvi muddatlarida o‘tkazishni taklif etdi va BMT Bosh kotibini unda shaxsan ishtirok etishiga umid bildirdi.
Ammo ushbu tadbir qo‘shni mamlakatlar bilan kelishilganmi yo‘qmi, Markaziy Osiyo – BMT deganda qanday format nazarda tutilayotganiga tugal bir aniqlik kiritilmagan.
Shu bilan birga S. Japarov 2023-2025 yillarda Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga va 2027-2028 yillarda BMT Xavfsizlik kengashi nodoimiy a’zoligiga ilgari surayotganini va barcha a’zo davlatlarni uning davlatini qo‘llab-quvvatlashini so‘radi.
Qirg‘izlar yetakchisi 2050 yilga borib “uglerod neytralligi”ga erishishini, buning uchun uglerodsiz energiya manbalarini, birinchi galda gidroelektrstansiyalarini ko‘proq qurishini ma’lum qildi. GES loyihalari Markaziy Osiyo mamlakatlari energiya ehtiyojlariin qondirishga, mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun qulay shart va sharoit yaratishga xizmat qilishini bildirdi.
Shu sababli suv-energetika majmuasiga Parij kelishuvlari ruhida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xorijiy investorlarni sarmoya kiritishga chaqirdi.
Lekin mamlakatda nechta GESlar qurilishi, bu loyihalar quyi davlatlarning suv energetik balansini buzib yubormaydimi, degan savollarga ham ochiq qolmoqda.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *