Texnikum yotoqxonasidan oʻzini tashlagan qiz haqida dastlabki maʼlumotlar oydinlashmoqda

Qarshi tibbiyot texnikumi yotoqxonasidan oʻzini tashlagan qiz haqida voqea joyidan manbalarimiz dastlabki maʼlumotlarni maʼlum qilishdi.

Marhuma 2001-yilda tugʻilgan, asli Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi qiz boʻlgan. Talaba texnikumning 2-bosqichida oʻqigan. U kech soat 20:30 lar atrofida texnikumning 4-qavatidan oʻzini tashlab, voqea joyida vafot etgan.

Turli gap soʻzlarga qaraganda, u oʻz opasi bilan qattiq tortishib qolgan.

Yana boshqa taxminlarga koʻra, qiz “yigit”i bilan kelishmovchiliklar sabab shunday qilgan boʻlishi mumkin.

Qizning otasi ichki ishlar tizimida ishlab kelgani xabar qilinmoqda.

Voqea yuzasidan viloyat IIB va FV boshqarmasi masʼullari bilan bogʻlanishga urinishlarimiz besamar ketdi.