Tafakkur vaqti: Farroshning maoshi

Alisher Navoiy «Vaqfiya» asarida oʻz mulklarida xizmat qiluvchi xodimlarga tayinlangan maoshlarni bayon qilgan. Unga koʻra, masjid-madrasalarda xizmat qiluvchi farroshga yiliga 200 oltin tanga berilishini yozgan.

Aynan Navoiy davrida ishlatilgan tillo tanganing vazni haqida aniq maʼlumot uchramaydi.

Odatda tillo tanganing vazni 4,25 grammga teng boʻlgan. Agar Navoiy davridagi tillo tanga ham xuddi shu vaznda boʻlgan deb hisoblansa, u holda farroshning yillik maoshi (2004,25) 850 gramm tilloga teng boʻladi. Bugungi kunda bir gramm tillaning bozordagi narxi taxminan 300 ming deb olib, shunga koʻpaytirilsa, (850300 000) farroshning yillik maoshi 255 million boʻladi. Yaʼni farroshning oyligi 21 million 250 mingni tashkil qilgan.

… Bu maʼlumotni oʻqigandan keyin koʻpchilik oʻsha farroshga havas qila boshlagan boʻlsa, ajab emas.