Aksariyat vaqtini virtual olamda oʻtkazadigan oʻspirin bobosidan soʻradi:
— Bobojon, nazarimda, oldingi odamlar bizga nisbatan kamroq ilmga ega boʻlsa-da, biz erisholmagan katta-katta muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritishgan. Bugun esa, biz internet, telegram, feysbuk kabi vositalardan har kuni yuzlab maʼlumotlarni kuzatamiz. Lekin erishgan yutuqlarimiz nega oldingi kishilarnikiday emas?
— Juda toʻgʻri aytding, oʻgʻlim, — dedi bobo vazminlik bilan. —Haqiqatda biz faqat kuzatuvchimiz. Ular ilmni hayotiy ehtiyojlari uchun oʻrganuvchi va amal qiluvchi boʻlishgan. Har bir ilmni oʻzlariga atalgan bebaho tuhfa deb qabul qilishgan. Oʻzlari ega boʻlgan ilmni hayot tarzlariga olib kirishgan va undan unumli foydalanishgan. Bu ularning mislsiz muvaffaqiyatlarga undagan.
Hozir esa, biz ilmni zarqogʻozga oʻralgan shirinlik kabi koʻramiz. Zarqogʻozni ochib, ilmdan avvalo oʻzimiz bahramand boʻlishni emas, uni darhol bus-butunicha boshchalarga uzatishni koʻzlaymiz. Shuning uchun koʻpincha ilmning barakasidan bebahra qolamiz.
Avlodlar oʻrtasidagi katta farqni anglab yetish uchun boboning ushbu javobi hammamizga kifoya qilsa kerak.