Bolasini enagalar qo‘lida katta qilgan ona bir kuni o‘g‘li bilan o‘yinchoq do‘koniga kirdi.
Ayol sotuvchi qizga:
— Bolam kuni bilan uyda mensiz vaqt o‘tkazadi. Unga shunday o‘yinchoq beringki, mening yo‘qligimni his etmasin, — dedi.
Sotuvchi qiz achinish bilan boshini chayqatib:
— Tushunaman, opa, bizda o‘yinchoq chaqaloq bor, ammo o‘yinchoq ona yo‘q, — dedi.
Manba: «Hamma narsa bolam uchun» kitobidan.