Buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy to‘plagan hadislarning birida shunday deyiladi:
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi va sallam:
“Birodaringga zolim bo‘lganida ham, mazlum bo‘lganida ham yordam ber”, dedilar.
“Ey, Rasululloh, mazlum bo‘lganida-ku bunga yordam beramiz. Zolim bo‘lganida qanday yordam beramiz?” deyishdi. U zot: “Uning qo‘lini (zulmdan) tutib qolasan”, dedilar.
… Biz odatda zulm qilgan kishini ayovsiz fosh etish, obro‘sini to‘kish, malomat qilish, nafli-benaf “choralar” ko‘rish yo‘lini tutamiz. Aslida bu illatning davosi biroz boshqacha ekan.
Bugun shu nasihatga amal qilib, bilib-bilmasdan o‘ziga va o‘zgalarga zarar qilib qo‘yayotgan do‘stlarimizga qo‘limizdan kelganicha yordam bera olsak, ahvolimiz hozirgidan ancha o‘nglanishi shubhasiz.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriyning Al-jome’ as-sahih kitobidan.
Ogoh.uz – axborot-tahliliy portali nomidan qo‘ng‘iroq qilsangiz 7 % chegirma mavjud
Murojaat uchun: +99893 184-54-51