Tafakkur vaqti: Insof egalari

“Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:


“Bir kishi bir odamdan unga qarashli yerni sotib oldi. Yerni sotib olgan kishi u yerdan bir ko‘za oltin topib oldi.

Sotib oluvchi (hovlining sobiq egasiga) “Mana bu oltiningizni oling. Men faqat sizdan yerni sotib olganman, oltinni (ham qo‘shib) sotib olmaganman”, – dedi.

Yerning (sobiq) egasi: “Men sizga yerni ham, undagi narsalarni ham sotganman. (Shuning uchun oltinni olmayman)”, – dedi.

Keyin bir kishiga hukm so‘rab borishdi. Hukm so‘ralgan kishi: “Sizlarning farzandingiz bormi?” – dedi. Ulardan biri: “Mening o‘g‘lim bor”, – dedi. Ikkinchisi: “Mening qizim bor”, – dedi. Hukm chiqaruvchi: “Bu o‘g‘il bilan qizni bir-birlariga nikohlab qo‘yinglar va (tillaning bir qismini) ularga ishlatinglar, (qolgan qismini) sadaqa qilinglar”, – dedi”.

“Marvarid marjonlar” kitobidan