Tafakkur vaqti: «Agar…»li uy

Bir odam uy izlayotgandi. Do‘stlaridan biri uni o‘z mahallasidagi vayrona uyga olib bordi.

Do‘sti:

— Agar bu uyning shifti bo‘lsa, menga qo‘shni bo‘lib yasharding. Agar biror xonasi bo‘lsa, bola chaqang bilan osoyishta yasharding, deya uzoq vaqt «agar» deb suhbatlashdi.

— Ha, do‘stlarga qo‘shni bo‘lib yaqin uyda yashamoq yaxshi, faqat «agar» deb yashash bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydida, dedi uyga talabgor kishi.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sida