Tafakkur vaqti: Rizq

Bir kishi Shayx Shibliyning huzurlariga kelib, dedi:

— Hazrat, oilam katta, qaramog‘imda odam ko‘p. Doim ularni boqish yedirish – ichirish tashvishi bilan yuraman. Biror yo‘l ko‘rsating, ularning ta’minotini o‘ylab doimiy siqilishdan qutulay.

— Tezda uyga boring, — dedilar Shayx. — Kimning rizqi sizga bog‘liqligiga amin bo‘lsangiz, eshikdan tashqari chiqaring.

Kimning rizqini Allohga havola qilsangiz, uyda qolsin. Uyda qolganlar rizqini Alloh taologa havola qilganingizga ko‘ra, endi ularni boqishga majbur emassiz.

Uyingizdan chiqarib yuborganlaringizni boqishga majbur bo‘lmaganingizni hisobga olsak, masala yechimini topdi.