​​​​Tafakkur vaqti: Dunyo molidan holi qalb

Imomi A’zam Abu Hanifa bir kun dars berayotgan vaqtida bir odam masjidning eshigidan turib chaqirdi:

Ey imom, kemang cho‘kdi. Imomning tijorat molini tashiydigan kemasi bor edi, o‘zi esa boy tujjor edi.

Imomi A’zam bir soniyalik taradduddan keyin

Alhamdulillah dedi.
Biroz muddatdan keyin xuddi o‘sha odam kelib xabar berdi:

Ey imom, yanglishibman, cho‘kkan kema seniki emas ekan.
Imom bu xabarga ham Alhamdulillah dedi.

Xabar keltirgan kishi hayron bo‘lib so‘radi:
Ey imom, kemang cho‘kdi deb xabar keltirdim, alhamdulillah deding. Cho‘kkan kema senikimasligini aytdim, yana alhamdulillah deding. Bu qanday hamd aytish bo‘ldi?

Imomi A’zam javobini izohladi:
Sen “kemangiz cho‘kdi” deganingda qalbimga quloq tutdim. Dunyo molining zararidan hechqanday qayg‘u chekmadi. Shuning uchun Allohga hamd aytdim. Cho‘kkan kemaning meniki emasligini aytganingda ham xuddi shunday qildim. Dunyo moliga qovushmoqdan qalbimda bir sevinch yo‘q edi. Alloh menga dunyo moliga bog‘liq bo‘lmaslik ne’matini bergani uchun Unga shukrona aytdim.

Robbimiz bizga ham shunday salim qalb bersin.

Internet materiallari asosida Turk tilidan Dilbar Rajabova tarjimasi