Bir hakim zotdan:
— Inson qanday sabr qilishi mumkin? — deb so‘radilar.
Muborak zot shunday javob beribdi:
—Hammasini unutib yuborasiz, keyin sabr qilasiz.
Bu eng go‘zali;
— Nimaiki bo‘lsa qabul qilasiz, keyin sabr qilasiz.
Bu eng to‘g‘risi;
—Hammasidan voz kechasiz, keyin sabr qilasiz.
Bu eng qiyini;
—Yana bor, barcha ishni Allohga topshirasiz, keyin sabr qilasiz
Bu esa sabrning eng kattasidir.
«Hikmatlar xazinasi» risolasidan