Tafakkur vaqti: Uyimizdagi Ka’ba ziyorati

Shayx Mo‘min Sheroziy masjidda hirqalarini yamab o‘tirgandilar.

Bir kishi kelib, salom berdi va yonlariga o‘tirdi.
Shayx undan so‘radilar:

— Nima niyatda kelding?.
U dedi:
— Haj niyatida.

Shayxning «Onang bormi?» degan savollariga «ha» jaobini olgach, aytdilar:

— Uyingga qaytib, onang xizmatini qil.
U kishining yuzida bu gapdan norozilik alomati ko‘rindi.

Shunda shayx dedilar:

— Men ellik bora bosh yalang, oyoq yalang va hamrohsiz qilgan hajlarim savobini senga berdim. Sen menga onang ko‘nglin shodligini ber…

Ona degan bebaho ne’matning qadriga yetish imkoniga ega bo‘lganlargina bu savdoda kim yutib, kim yutqazganini to‘g‘ri mulohaza qilishi mumkin.