Bir hokim yordamchisiga yo‘l bo‘yida yigirmata nihol ekishni buyuribdi. Yordamchi hokimning aytganini qilib yo‘l bo‘yiga yigirmata niholni ham ekib, qo‘shimchasiga yana sakkizta nihol ekibdi.
Hokim yordamchisining bu ishidan g‘azablanib ortiqcha sakkizta ko‘chatni qo‘partiribdi. Odamlar bundan hayratda qolib so‘rashibdi:
— Axir yordamchingiz aytganingizni ortig‘i bilan bajardi-ku, nega unga g‘azab qildingiz? Xursand bo‘lishingiz kerakmasmidi?
Hokim juda aqlli inson ekan, shunday javob qilibdi:
— Sizlar shuni tushunmayapsizlar — bugun ortig‘i bilan ishlagan, ertaga esa kamaytiradi.
Odam bir qolipdan chiqdimi, keyin uni qolipga solish mashaqqat tug‘diradi. Shuning uchun ham nihollarni qo‘partirdim. Keyingi safar buyrug‘imni to‘g‘ri bajaradi.