Tafakkur vaqti: Kampir bilan tabib

Ko‘z og‘rig‘iga mubtalo bo‘lgan kampir tabibni uyiga taklif qildi. Haqini to‘lashga va’da berib, undan muolajani uyida o‘tkazishini so‘radi.
Tabib har gal kelganida kampirning ko‘ziga malham surtardi-da, u ko‘zini yumib turganidan foydalanib biron narsani qo‘ltiqqa urib ketardi.

Shu asno arzigulik narsalarning barini tashib bitirgach, tabib muolajalar tugaganini aytib, haqini talab qildi. Kampir to‘lashdan bosh tortgandi, tabib uni qoziga sudradi. Qozixonada kampir chindan ham haq to‘lashga va’da berganini, biroq buning uchun ko‘zlarining davolanishini shart qilganini aytdi. Holbuki, muolajadan keyin ko‘zlari ravshanlashish o‘rgiga battar xiralashdi, chunki: “Ilgari uyimdagi barcha anjomu jihozlarni ko‘rardim, endi bo‘lsa hech narsa ko‘rmayapman!”

Alqissa, shunga o‘xshash nafs ko‘yiga kirgan nojinslar tamagirliklari orqasidan o‘zlari sezmagan holda o‘zlarini fosh etadilar.

«Ezop masallari»dan