Pul kimlar uchundir muammoning yechimi, kimlar uchundir muammoning boshlanishidir.
— Ustoz, “baxt pulda” deganlari to‘g‘rimi? — so‘radi shogird ustozidan.
— Men senga yo‘nalish beraman, xulosa chiqarish o‘zingga havola. Quyidagilarni solishtirib, yaxshilab o‘ylab ko‘rsang, bu savolga o‘zing javob topa olasan.
Pulga choyshab sotib olish mumkin, ammo uyqumas, yegulik olish mumkin, ammo ishtahani olib bo‘lmaydi. Dori xarid qilish mumkin, ammo sog‘liq emas.
Uy sotib olish mumkin, ammo oila halovatini emas. Ta’lim olish mumkin, ammo aql olib bo‘lmaydi. Oxirgi xulosani o‘zing chiqar.
“Yashashni bugundan boshlaymiz” kitobidan