​​Tafakkur vaqti: Nima qidiryapmiz?

Ustoz shogirdiga buyurdi:
— Mana shu xonani kuzat va undagi kulrang narsalarni top.
Yosh shogird ustozining bu g‘alati topshirig‘iga hayron bo‘lib, xonani ko‘zdan kechira boshladi. Xonada kulrang narsalar ko‘p edi. Kitob javoni, parda, suratlar, hatto karavot ham kulrang edi. U ustoziga ko‘rganlarini aytdi.

— Endi ko‘zlaringni yumgin-da, ko‘k rangdagi buyumlarni ko‘z oldingga keltir, — yana so‘radi ustoz shogirdiga sirli jilmayib.
Shogird shuncha urinsa ham ko‘k rangdagi buyumlarni eslay olmadi.

— Men ko‘k rangdagi narsalarga umuman e’tibor bermabman. Axir o‘zingiz mendan ko‘k emas, kulrang buyumlarni topishimni so‘radingiz-ku.

— Men ataylab shu yo‘lni tutdim. Sen faqat kulrang narsalarni qidirding va aynan shu narsalarni topding. Xuddi shu xato sening hayotingda ham kuzatiladi: sen faqat yomon narsalarni qidirasan va yaxshi narsalarni oldingdan sezdirmay o‘tkazib yuborasan. Oqibatda esa o‘zing sezmagan holda faqat yomonlik qidiradigan bo‘lib qolasan. Ana shu xatoga yo‘l qo‘ymaslingiz uchun ham senga shunday yo‘l tutdim.

“Yashashni bugundan boshlaymiz” kitobidan