Bozorda ikki do‘kon yonma-yon joylashgan bo‘lib, ularning birida asal, birida sirka sotilar ekan. Asal sotuvchi yoniga hech kim kelmas, sirka sotuvchi yonidan esa xaridor arimas ekan.
Asal sotuvchi tolesizligidan xafa bo‘lib, keksa donishmand huzuriga borib, sirka sotuvchisi yonidan odam arimasligi, o‘zining yoniga esa hech kim kelmasligidan shikoyat qilibdi.
Asl haqiqatni o‘rgangan donishmand shunday debdi:
— O‘g‘lim, sen asal sotasan, lekin tiling sirkadek achchiq taxir. Sheriging sirka sotadi, lekin tili bilan asal ulashadi.