O‘zbekistonda 4 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 4 may kuni respublika hududlari bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–17 daraja, kunduzi 23–25 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 13–18 daraja bo‘ladi.